Abu Hurayra r.anhudan rivoyat. Rasululloh s.a.v. aytdilar:
"Ramazon oyi kirsa, osmon eshiklari ochib qo'yiladi, Jahannam eshiklari yopib tashlanadi, shaytonlar zanjirband qilinadi."
(Imom Buxori va Imom Muslim)
Ushbu ikkinchi qismda ustoz Obidxon qori Ramazon oyida Jahannam darvozalari ham yopib qo'yilishi va shaytonlar zanjirlanishi haqida sharhlar beradilar.
Jahannam eshiklari yopilgan Ramazon oyida gunoh ishlar bir muncha kamayadi. Gunoh ishlarga o'rganib qolgan kishilar esa birdaniga ro'za tutadigan, namoz o'qiydigan va hatto taroveh kabi nafl namozlarni ham o'qiydigan bo'lib qoladilar.
Ushbu hadis bizlarga Jannat va Jahannam hozirdan ham tayyor bor ekanligini bildiradi. Jannat va Jahannam faqat Qiyomat kunidan keyin paydo bo'ladi degan gaplar yolg'onligini ko'rsatadi.
Yana ushbu hadis gunohlar sodir bo'lishiga sabab faqat shaytonlar emasligiga ham ishora qiladi. Ya'ni shaytonlar zanjirlangan bo'lsa ham, insonning nafsi va yomon odatlari baribir Ramazonda ham ...